--°C

Markaz faoliyati haqida ma'lumot

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-sentyabrdagi "Oliy ta'lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 278-son qarori asosida Toshkent davlat texnika universiteti huzurida Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tashkil etildi.

Faoliyat asoslari

Tarmoq markazi o'z faoliyatini quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida olib boradi:

  • O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrda tasdiqlangan "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari (PF-4732-son, PF-5789-son, PF-5847-son, PF-60-son, PF-14-son)
  • O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 797-son va 415-sonli qarorlari
  • Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi davlat muassasasi Ustavi

Markazning maqsadi

Tarmoq markazining maqsadi – oliy ta'lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlari sifatini takomillashtirish, ularning bilimi va kasbiy mahoratini aniq yo'nalishlar (mutaxassisliklar) bo'yicha iqtisodiyot sohalarining tezkor rivojlanib borishiga uyg'unlashtirish, tarmoqdagi innovatsiyalarni ta'lim jarayoniga joriy qilish, tegishli sohalar bo'yicha yangi texnika va texnologiyalarni professor-o'qituvchilar tomonidan o'zlashtirishlariga ko'maklashishdan iborat.

Asosiy vazifalar

  • Oliy ta'lim hamda professional ta'lim tegishli yo'nalishlari bo'yicha fanlarning umumkasbiy va maxsus bloklari bo'yicha qayta tayyorlash va malaka oshirishni amalga oshirish
  • Xorijiy mutaxassislarni hamda mahalliy korxonalar rahbarlarini jalb etgan holda yuqori va innovatsion texnologiyalar sohasida ta'lim dasturlarini amalga oshirish
  • Ta'limning ishlab chiqarish bilan samarali o'zaro hamkorligini yo'lga qo'yish
  • Zamonaviy o'quv va moddiy-texnikaviy bazani yaratish
  • Innovatsion ilmiy yutuqlarni, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llashni nazarda tutuvchi dasturlarni ishlab chiqish

Faoliyat yo'nalishlari

Rivojlanish istiqbollari

Respublikaning tegishli iqtisodiyot sohalarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollariga uyg'un ta'lim jarayonini tashkil etish

Sifatni oshirish

Oliy ta'lim muassasalarining tegishli yo'nalishlar bo'yicha kadrlar tayyorlash sifatini oshirish

Tarmoq imkoniyatlari

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishda tarmoqning mavjud imkoniyatlaridan keng foydalanish

Mashg'ulot turlari

Ma'ruzalar, amaliy va seminar mashg'ulotlari
Ko'chma mashg'ulotlar
Tajriba almashish bo'yicha mahorat darslari
Masofaviy o'qitish tizimi
Mustaqil ish

Ta'lim yo'nalishlari

Hozirgi kunda tarmoq markazida 24 ta yo'nalish bo'yicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tashkil etilgan:

Energetika muhandisligi
Elektr muhandisligi
Elektronika va asbobsozlik
Metrologiya va standartlashtirish
Ishlab chiqarish muhandisligi
Metallurgiya muhandisligi
Biotibbiyot va biotizimlar muhandisligi
Transport vositalari muhandisligi
Aviatsiya muhandisligi
Atrof muhit muhandisligi
Sanoat muhandisligi menejmenti
Mexanika muhandisligi
Konchilik elektromexanikasi
Konchilik ishi
Neft va gaz ishi
Materialshunoslik va metallar texnologiyasi
Texnologik mashinalar va jihozlar
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi
Foydali qazilma konlari geologiyasi
Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi
Yo'l harakatini tashkil etish
Havodagi harakatni boshqarish
Hayot faoliyati havfsizligi
Mexatronika va robotatexnika

Rahbariyat tarkibi

Ixtiyarova Gulnora Akmalovna

Markaz direktori

Kimyo fanlari doktori, professor

Qabul: 09:00-16:00
+998 90 745-76-04
tdtu_tm@bimm.uz

Akbarova Nigora Alimdjanovna

Ta'lim texnologiyalari kafedrasi mudiri

Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori

Qabul: 09:00-16:00
+998 90 987-60-90
gorani@bk.ru

Saidov Jahongir Egamberdiyevich

Professional ta'lim bo'limi dekani

Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori

Qabul: 09:00-16:00
+998 90 044-98-53
tdtu_tm@bimm.uz

Markaz tuzilmasi

Markaz rahbariyati

Markaz direktori

Ixtiyarova Gulnora Akmalovna

Ta'lim texnologiyalari kafedrasi mudiri

Akbarova Nigora Alimdjanovna

Professional ta'lim bo'limi dekani

Saidov Jahongir Egamberdiyevich

Bo'lim boshliqlari

Do'stmuradov Quvonch Eshmurat o'g'li

Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta'lim dasturlari va ilg'or tajribani joriy etish bo'limi boshlig'i

Annaqulova Nargiza Keldibayevna

Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta'lim jarayonlarini tashkil etish va sifatini o'rganish bo'limi boshlig'i