"YURT OBODLIGI, AVVALO, MAHALLADAN BOSHLANADI!"
Hozirda yurtimiz bo'ylab amalga oshirilayotgan "YURT OBODLIGI, AVVALO, MAHALLADAN BOSHLANADI!" umumxalq xayriya hashari doirasida universitetimiz hududida obodonlashtirish ishlari qizg'in davom etmoqda. Mazkur xayrli tadbirda universitet hovlisi atroflicha tozalanib, hududni yanada ko'kalamzorlashtirish maqsadida ko'plab archa ko'chatlari ekilmoqda.
Ushbu ekologik tashabbusli ishlarda universitetimizning turli bo'g'inlari faol ishtirok etmoqda. Xususan, Energetika muhandisligi va Mexanika muhandisligi yo'nalishi tinglovchilari hamda Jarayonni amalga oshirishda faol bo'lgan Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi xodimlari ham birgalikda mehnat qilmoqda.
Rasmlar 4 ta
×